Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 24-fevralda yoshlar bilan muloqotda har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu bilan birga axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.
Shundan kelib chiqqan holda bugun Universitet Maxsus fakulteti talabalari ishtirokida “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Tanlov ikki bosqichda tashkil etilib, birinchi bosqichda test sinovlari o‘tkazilgan bo‘lsa ikkinchi bosqichda talabalar uchta shart bo‘yicha bellashdilar. Ahamiyatli jihati bu galgi tanlovda fakultetnning kunduzgi va kechki yo‘nalishlaridan 100 dan ortiq talabalar yakka va jamoaviy tartibda g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
Yakunda g‘olib va sovrindor jamoalar aniqlanib, ularda faxriy yorliq va estalik sovg‘alari topshirildi.