2026 yil 7 may kuni Bojxona institutida sportning “Yengil atletika” turi bo‘yicha 8 ta Oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi faol ishtirok etdi.
Mazkur musobaqada. 400 metrga yugurishda 133b-o‘quv guruhi kursanti Ibroimjonov Azimjon 1-o‘rinni, 3000 metrga yugurish bahslarida 251a-o‘quv guruhi kursanti Karnilov Ruslan 1-o‘rinni, Shved estafetasida 394-o‘quv guruhi kursanti Musaev O‘ktam, 411b-o‘quv guruhi kursanti Qarshiboev Bunyod, 401a-o‘quv guruhi kursanti Yo‘ldoshev Sarvar, 411a-o‘quv guruhi kursanti Isroilov Samandar 1-o‘rinni egallab diplom bilan taqdirlandilar. Universitet jamoasi umumjamoa hisobida fahrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, diplom va kubok bilan taqdirlandilar.
Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoa murabbiysi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta o‘qituvchisi xalqaro toifodagi sport ustasi kapitan Abdullaev Akrom Ilxamovich.