2024-yil 25-dekabr kuni Jamoat xavfsizligini ta’minlash kafedrasi tomonidan Olmazor tumanining Beruniy, Hislat, Chig‘atoy – oqtepa va Ziyokor mahallalarida “Yangi yil” bayrami munosabati bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga sahovat va kо‘mak tadbiri amalga oshirildi. “Armiya va xalq – bir tanu bir jon” shiori ostida о‘tkazilgan sahovat va kо‘mak tadbiri jaroyonida oilalarga bayram sovg‘alari va о‘n tо‘rt nomlanishdagi oziq – ovqat maxsulotlari topshirildi. Tadbirdan kutilgan maqsad Olmazor tumanining "Beruniy", "Hislat", "Chig‘atoy" – "Oqtepa" va "Ziyokor" mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning xolidan habar olish va ularning farzandlarida bayramona kayfiyatni jо‘sh urdirish.