O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan haftaning har juma kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” doirasida yoshlar ishtirokida ochiq eshiklar kuni tadbirlari o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston armiyasi mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri” degan bosh g‘oya asosida Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchi yoshlari, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik intituti talabalari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri о‘tkazildi. O‘quvchi-yoshlar va talabalar Universitet harbiy Orkestr jamoasi sadolari ostida kutib olindi, ularga Universitet “Vatanparvarlik markazi” va muzeyi, Universitet tarixi va bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Orkestr jamoasining musiqiy chiqishlar hamda kursantlar ishtirokida namoyish etilgan qо‘l jangi guruhlarining ko’rgazmali chiqishlari o‘quvchi-yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Shuningdek, о‘quvchi-yoshlar e’tiboriga harbiy texnikalar, qurol-aslahalar, harbiy libos namunalari, radioaloqa vositalari kо‘rgazmasi namoyish etilib, Universitet hududi bо‘ylab sayohat tashkillashtirildi. Tadbir yakunida tashrif buyuruvchilarga konsert dasturi namoyish etildi. Shuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomchilik intituti rahbariyati tomonidan o‘zaro samarali hamkorlik va ko‘rsatgan jonbozligi uchun Universitetning bir guruh harbiy xizmatchilariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirildi.