Universitetda "Bayroq - millatning ruhi va qudrati" mavzusida Insholar tanlovi o‘tkazildi…

Universitetda "Bayroq - millatning ruhi va qudrati" mavzusida Insholar tanlovi o‘tkazildi.

Qadim-qadimdan har bir mamlakatning dunyoda o‘z o‘rnini anglatib turuvchi muqaddas ramzi bu uning milliy bayrog‘i hisoblanib, milliy bayrog‘ini ko‘rganda har bir davlat vakili ich-ichidan g‘ururga to‘lishi hamda qalbida vatanparvarlik hissinig ortishi shubhasizdir.

Manashunday yuksak tuyg‘ularni o‘zida  mujassamlashtirgan holda universitet kursantlari o‘rtasida davlatimiz Bayrog‘i tashkil etilganining 34 yilligi munosabati bilan "Bayroq - millatning ruhi va qudrati" mavzusida Insholar tanlovi o‘tkazildi.

Mazkur tanlovda har bir bo‘linmadan saralangan kursantlar tarkibi ishtirok etib,  yuqori natijalarga erishgan nomzodlar hakamlar hay’ati tomonidan aniqlanib,  Universitet rahbariyati tomonidan 18-noyabr -  Davlat bayrog‘i tashkil etilgan kuni munosabati bilan o‘tkazilishi rejalashtirilgan bayram dasturida munosib rag‘batlantirilishi belgilandi.

1272
Chop etish
Text to speech