Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi

Joriy yilning 9-fevral kuni Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 234-son umumta'lim oʻrta maktabi faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversiteti professorlari I.Ismailov, R.M.Maxmudov, Oʻzbekiston Xalq xofizi, Doʻstlik ordeni sohibi Hasan Rajabiy, Oʻzbekiston Konservatoriyasi dosenti J.Rajabiy, Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universiteti professor-oʻqituvchilari N.Mirjalolov, A.Egamberdiev, A.Nuratdinov, Toshkent shahar Olmazor tumani hokimining davlat tili masalalari boʻyicha maslaxatchisi D.M. Umrzakova, Olmazor tumani maktabgacha va maktab ta'limi boʻlimi metodisti D.Raximova, 234-son umumta'lim oʻrta maktabining ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchilari hamda maktabning 5,7,8-sinf oʻquvchilari (jami 250 nafar ishtirokchi) qatnashishdi.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan Alisher Navoiy ijodidan namunalar: gʻazallar, ruboiylar aytildi, goʻzal raks va ashulalar ijro etildi. Ishtirokchilar tomonidan bunday tadbirlarning tizimli oʻtkazib borilishi oʻquvchi va yoshlarimizni ajdodlarimizga, ular koldirgan buyuk adabiy merosiga bulgan xurmat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi ta'kidlandi.

1355
Chop etish
Text to speech