Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining hamda Oʻzbekiston Triatlon federatsiyasining kalendar-rejasiga asosan, joriy yilning 6-8 sentyabr kunlari Samarqand shahrida sportning Triatlon turi boʻyicha professional va havaskor sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati hamda “Challenge Samarqand 2024” xalqaro musobaqasi oʻtkazildi.
Mazkur musobaqada Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi terma jamoasi quyidagi natijalarni qayd etdi:
Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, katta leytenant Xakimova Alina Faritovna – professional sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionatida shaxsiy birinchiligida sprint masofada (suzish - 750 metr, velopoyga -20 km, yugurish – 5 km) fahrli 1-oʻrin, “Challenge Samarqand 2024” xalqaro musobaqasida (suzish - 1900 metr, velopoyga - 86 km, yugurish – 21.5 km) 4-oʻrin.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi, nazoratchi Umaraliyev Baxriddin Faxriddinovich havaskor erkak sportchilar oʻrtasida shaxsiy birinchiligida sprint masofada faxrli 1-oʻrin;
Milliy gvardiya Namangan viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi, safdor Ikramova Oydina Sirojiddin qizi - havaskor ayol sportchilar oʻrtasida shaxsiy birinchiligida sprint masofada faxrli 2-oʻrin.
JAMOAVIY BIRINChILIGI:
Milliy gvardiya terma jamoasi (serjant N.B. Kurbonov – 750 metrga suzish, safdor E.K.Tuleimbetov – 5 km yugurish hamda kichik serjant M.J. Toshtemirov – 20 km velopoyga) faxrli 2-oʻrin (ma'lumot tariqasida: 1-oʻrin Sport klubi, 3-oʻrin OʻR IIV, 4-oʻrin OʻR Mudofaa vazirligi).