O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga keng jalb etish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida joriy yilning 30-oktabr kuni universitet sport majmuasida stol tennisi bo‘yicha Maxsus fakultet birinchiligi o‘tkazildi.
Musobaqa Maxsus fakultet tomonidan tashkil etilib, unda kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlaridan 40 ga yaqin qiziquvchi talabalar ishtirok etdi.
Musobaqaning asosiy maqsadi talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, jamoaviylik ruhini mustahkamlash va sog‘lom raqobat muhitini yaratishdan iborat bo‘ldi.
Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
1-o‘rin – 203-guruh talabasi Usmonov Salmonxon Azizxon o‘g‘li
2-o‘rin – 201-guruh talabasi Mustafayev Jasurbek Alijon o‘g‘li
3-o‘rin – Tolipov Alisherbek Anvar o‘g‘li
Qizlar o‘rtasida:
1-o‘rin – 101-guruh talabasi Ismonova Dilfuza Muzaffar qizi
2-o‘rin – 101-guruh talabasi Obitova Nozima Jamshid qizi
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor talabalarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Mazkur musobaqa yoshlarning sportga bo‘lgan mehrini oshirish, ularni jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk shaxslar etib tarbiyalash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etdi.