Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus” doirasida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida universitet Maxsus fakulteti tomonidan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Bu galgi ko‘rik-tanlov uchun Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning “Cho‘qqida qolgan ovchining ohi zori” kitobi asosida ikki bosqichda o‘tkazildi.
Birinchi bosqich test sinovlari bosqichi bo‘lib, unda 60 dan ortiq talaba orasida g‘oliblar aniqlandi. Ikkinchi asosiy bosqich asosida to‘rt shartdan iborat ko‘rik tanlov o‘tkazilib, unda sakkiz jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bordi.
Yakunda g‘oliblik 101-guruhning “Yuksalish” jamoasiga nasib etdi. Yakunda barcha g‘olib va sovrindorlarga universitet boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ushbu tanlovdan asosiy maqsad – talabalarni kitob o‘qish madaniyatini rivojlantirish, badiiy, ilmiy va o‘quv adabiyotlariga qiziqishini oshirish, nutq mahorati, tafakkur teranligi va sahnaviy ijodda qobiliyatlarini aniqlash va rivojlantirishdan iborat.