Oliy ta’limda bilimni nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha davra suhbati tashkil eti…

Oliy ta’limda bilimni nazorat qilish va baholash tizimi bo‘yicha davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025-2026-o‘quv yili uchun metodik ishlar rejasiga muvofiq 2026 yil 8-yanvar kuni “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan universitet professor-o‘qituvchilariga “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholash tizimiga qo‘yilgan talablar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatini o‘tkazish uchun mutaxassis sifatida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Akademik faoliyatni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Jo‘raev Isroil Ibroximovich taklif etilgan. Ushbu davra suhbatini o‘tkazishdan asosiy maqsad oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oluvchilar bilimini nazorat qilish va baholashda tartibi, xususiyati, me’yorlar, e’tibor qilish lozim bo‘lgan jihatlar, HEMIS tizimi yuritish, kredit-modul tizimining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida keng qamrovli tushunchalarni berish hisoblanadi. Davra suhbati davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan bir qancha savollarga mutaxassis tomonidan javoblar berildi.

3114
Chop etish
Text to speech