“Qurolli Kuchlarda huquqbuzarlik hamda jinoyachilikni oldini olish va qarshi kurash: mavju…

“Qurolli Kuchlarda huquqbuzarlik hamda jinoyachilikni oldini olish va qarshi kurash: mavjud muammolar va ularning y…

Joriy yilning 19 sentyabr kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasida “Qurolli Kuchlarda huquqbuzarlik hamda jinoyachilikni oldini olish va qarshi kurash: mavjud muammolar va ularning yechimlari” mavzusida respublika harbiy-ilmiy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti  “Xizmat  faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professori, psixologiya fanlari doktori (DSc) Nargiza Xalilova “Qurolli kuchlar tizimida xizmat qilayotgan shaxsiy tarkib orasida onlayn qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tarqalishi asosiy sabablari, muammoning samarali yechimlari” mavzusida ma’ruzasi bilan ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining “Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar” bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor H.A.Qarshiyev tomonidan Qurolli Kuchlar Akademiyasining  esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

552
Chop etish
Text to speech