O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA «JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA K…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETIDA «JINOYATLARNI TERGOV QILISHDA KRIMINALISTIK METODIKASINI…

2025-yil 23-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida «Jinoyatlarni tergov qilishda kriminalistik metodikasining o‘rni va ahamiyati» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi. Ushbu konferensiya huquq, kriminalistika, surishtiruv, tergovning va ekspertiza sohalari mutaxassislari o‘rtasida fanlararo muloqot uchun noyob maydon bo‘ldi.

Konferensiyada Oliy Majlis Qonunchilik palatasining korrupsiyaga qarshi kurash va sud-huquq masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademiyasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universitetining professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalar jinoyatlarni fosh qilish, raqamli dalillarni olish, to‘plash va qayd qilish xususan, raqamli izlar klassifikatsiyasi, ularning jinoyat-protsessual jihatdan qabul qilinishi bo‘yicha huquqiy normalar, shuningdek, kriminalstikada qo‘llaniladigan maxsus texnika, taktik usullar va tergov harakatlarini o‘tkazish masalalarini qamrab oldi. Ishtirokchilar xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish zaruriyatini ta’kidlashdi va jinoyatlarni tergov qilishda kriminalistika faoliyatini huquqni muhofaza qilish va sud tizimlariga institutsional joriy etish vazifalarini ilgari surishdi.

746
Chop etish
Text to speech