Magistrlar uchun ochiq dars shaklidagi ko'rgazmali mashg'ulot o'tkazildi

Magistrlar uchun ochiq dars shaklidagi ko'rgazmali mashg'ulot o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining 2025/2026-o‘quv yili uchun metodik ishlar rejasiga muvofiq “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi tomonidan “Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi” fani doirasida “Maxsus fanlarni o‘qitishda metodik yondashuvlar va pedagogik konsepsiyalar” mavzusida ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.

Unda Universitet O‘quv-uslubiy boshqarmasi rahbariyati va mas’ul ofitserlari, “Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tarkibi, “Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati”, “Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qo‘mondonlik-shtab faoliyati” magistratura mutaxassisligi tinglovchilari ishtirok etdilar.  

Jamoat xavfsizligi universitetida o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga ko‘ra, ko‘rgazmali mashg‘ulotlar – tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi va yosh o‘qituvchilarga (yoki barchaga yangi fan bo‘yicha) o‘quv dasturi bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazishning to‘g‘ri, maqsadga yo‘naltirilganligini va metodikasini namoyish etish, o‘qitishning ijobiy tajribasini tatbiq etish, shuningdek kursant, talaba va tinglovchilarga namunaviy amallarini ko‘rsatish, texnika, jihozlar va ko‘rgazmali qo‘llanmalarni ishlatishda yangi metodik usullarni qo‘llash tartibini namoyish etishni o‘z ichiga oladi.

“Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash” kafedrasi boshlig‘ining o‘rinbosari p.f.b.f.d. (PhD), dotsent, podpolkovnik G‘.Z.Ikmatullayev ishtirokida o‘tkazilgan mashg‘ulot mamlakatimiz, mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyat bo‘yicha tezkor axborotni yetkazish bilan boshlandi. O‘quv savollari izchillik va mantiqiy ketma-ketlikda, harbiy xizmat faoliyati bilan bog‘langan holda yoritib berildi. Mashg‘ulotda zamonaviy harbiy tizimi tinglovchilarda mustaqil fikrlash, tahliliy qobiliyat va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi lozimligi qayd etildi.

Ko‘rgazmali mashg‘ulot yakunida ishtirokchilar tomonidan Jamoat xavfsizligi universitetida o‘qitishning ijobiy tajribasini tatbiq etish masalalari muhokama etildi.

661
Chop etish
Text to speech