O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHARQ…

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JAMOAT XAVFSIZLIGI UNIVERSITETI VA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SHARQONA YAKKAKURASHLAR VA JAN…

2026-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Sharqona yakkakurashlar va jang san’atlarini rivojlantirish markazi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi tashkilotlar o‘rtasida do‘stona aloqalar va o‘zaro hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, madaniyat, sport, turizm va jang san’atlari sohalarida hamkorlikni rivojlantirishdan iborat. Hujjat o‘zaro hurmat, ochiqlik, halollik va tenglik tamoyillari asosida ikki tomonlama munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan.

Memorandum doirasida rejalashtirilgan tadbirlarni amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasida bilimli, jismonan chiniqqan, vatanparvar va sog‘lom avlodni tarbiyalashga xizmat qiladi.

Hamkorlik doirasida tomonlar o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan muntazam ekspert maslahatlarini o‘tkazishga kelishib oldilar. Ushbu tadbirlarda har ikki tashkilot vakillari, shuningdek, manfaatdor va taklif etilgan muassasa hamda tashkilotlar ishtirok etadi.

3311
Chop etish
Text to speech