Universitetda fidjital-sportni rivojlantirish maqsadida hamkorlik to'g'risidagi memorandum…

Universitetda fidjital-sportni rivojlantirish maqsadida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi

O'zbekiston Respublikasining Jamoat xavfsizligi universiteti va O'zbekiston Fidjital Sport Federatsiyasi o'rtasida raqamli texnologiyalar va an'anaviy sport turlari birlashgan innovatsion yo'nalish bo'lgan fidjital-sportni rivojlantirish maqsadida hamkorlik to'g'risidagi memorandum imzolandi. Ushbu hamkorlik fidjital-sportni yoshlar o'rtasida targ'ib qilish, ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish, shuningdek yangi ta'lim va musobaqa dasturlarini yaratish yo'lida muhim qadam bo'ladi. Tomonlar fidjital-sportni ommalashtirish, iste'dodli sportchilarni qo'llab-quvvatlash va raqamli davrning chaqiriqlariga mos keladigan yangi sport ekotizimini shakllantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda faol hamkorlik qilishni rejalashtirmoqdalar.

 

 

729
Chop etish
Text to speech