Universitetning Umumiy taktika va operativ san’at kafedrasi professori polkovnik X.U.Usmanova va katta o‘qituvchi D.Nasirdinovlar tomonidan 2024 yilning 21 noyabr kuni Universitetning bakalavriat fakulteti 1 bosqich kursantlari bilan “Aerozol, tutun hosil qiluvchi va maxsus vositalar” mavzusi bo‘yicha mahorat darsi tashkillashtirildi. Mashg‘ulotga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasining Jangovar ta’minot kafedrasi RKB muhofaza sikli katta o‘qituvchisi, dotsent polkovnik Ibragimov San’at Muzaffarovich taklif etildi. Mashg‘ulot davomida kursantlar qo‘l tutun granatalari, tutunli shashkalar, maxsus vositalarni harakatga keltirish va qo‘llashni o‘rganib, kimyoviy razvedkani o‘tkazish, shaxsiy himoya vositalardan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdi.