8-dekabr “Konstitusiya qabul qilingan kun”ga bagʻishlab “Qoʻl jangi” boʻyicha musobaqasi …

8-dekabr “Konstitusiya qabul qilingan kun”ga bagʻishlab “Qoʻl jangi” boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi

2025 yil 25 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari kursantlari oʻrtasida sportning “Qoʻl jangi” turi boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti, Quriqlikdagi qoʻshinlar instituti va Bojxona institutlaridan sportchi-kursantlar qatnashdilar. Sportchi-kursantlar 57, 62, 67, 73, 80, 88 kilogramm vazn toifasida jang olib bordilar. Musobaqa natijasiga koʻra, umumjamoa hisobida quyidagi oʻrinlar belgilandi:
3-oʻrin – Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi;
2-oʻrin – Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoasi;
1-oʻrin - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

1909
Chop etish
Text to speech