2025 yil 25 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari kursantlari oʻrtasida “Funksional koʻpkurash” boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti, Quriqlikdagi qoʻshinlar instituti va Bojxona institutlaridan sportchi-kursantlar qatnashdilar. Musobaqa natijasiga koʻra, quyidagi oʻrinlar belgilandi:
3-oʻrin – Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti jamoasi;
2-oʻrin - Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi;
1-oʻrin - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.