8-dekabr “Konstitusiya qabul qilingan kun”ga bagʻishlab “Dron-reysing” boʻyicha musobaqas…

8-dekabr “Konstitusiya qabul qilingan kun”ga bagʻishlab “Dron-reysing” boʻyicha musobaqasi oʻtkazildi

2025 yil 25 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta'lim muassasalari kursantlari oʻrtasida “Dron-reysing” boʻyicha musobaqa oʻtkazildi. Musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi akademiyasi, Davlat xavfsizligi xizmati akademiyasi, Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti, Quriqlikdagi qoʻshinlar instituti va Bojxona institutlaridan sportchi-kursantlar qatnashdilar. Musobaqa natijasiga koʻra, quyidagi oʻrinlar belgilandi:
3-oʻrin – Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi jamoasi;
2-oʻrin - Axborot-kommunikasiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti jamoasi;
1-oʻrin - Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi egalladi.
Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

1856
Chop etish
Text to speech