Yoshlar akademiyasi hamda Harbiy aviatsiya instituti hamkorligida joriy yilning 11-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida dronlar bo'yicha musobaqa tashkil etildi. Mazkur musobaqa Dron Racing FPV (First Person View) yo'nalishida bo'lib o'tdi. Musobaqada uchuvchisiz uchish qurilmalarini boshqarish ko’nikmasiga ega bo’lgan jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa yakuniga ko'ra Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot texnologiyalar kafedrasi dotsenti kapitan Mambetsharipov Yusuf tomonidan ishlab chiqilgan dronga dasturiy ta’minot va eksplatatsiya qilish yo’nalishida 2-o’rinni egalladi hamda qimmatbaho sovg’a va 3d printer bilan taqdirlandi.