Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Adiblar hiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” do…

Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan Adiblar hiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” doirasida madaniy-marifiy t…

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lishi munosabati bilan mazkur sanani “O‘zbek tili bayrami” sifatida nishonlanishi butun Respublika miqyosida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Shu munosabat bilan, poytaxtimizda joylashgan Adiblar hiyobonida 2024-yil 2-noyabr kuni Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan “Milliy qadriyatlar sayli” haftaligi doirasida “Til — millat gʻururi va faxri” nomli madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Universitet kursantlari va talabalari faol ishtirok etib, ulug‘ sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur haykali atrofida jam bo‘lishdi. Haykal yonida g‘azalxonlik, mushoira, milliy liboslar, rassomchilik, Zahiriddin Boburning hayoti va ijodiga oid sahna ko‘rinishi namoyish etildi. Shuningdek sayl doirasida Universitet kursantlari va talabalari tomonidan milliy xalq o‘yinlari, arqon tortish musobaqasi, tabiat qo‘ynida sur’at chizish orqali o‘z iqtidorlarini namoyish etishdi. Bundan tashqari hiyobonda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari sport jamoalari ishtirokida “Arqon tortish” o‘yini o‘tkazildi. Unda Universitet jamoasi faol ishtirok etdi. Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirga tashrif buyurgan  mehmonlar va talabalar tomonidan katta qiziqish va eʼtibor bilan kuzatildi. Ushbu tadbir barchada unutilmas taassurot qoldirdi. Mazkur madaniy-maʼrifiy tadbir nafaqat milliy tilimizning ahamiyatini yoritdi, balki uning kelajak avlodlar uchun ham naqadar muhim ekanligini yana bir bor koʻrsatdi. Shu tariqa “Milliy qadriyatlar sayli” o‘zgacha shukuh va kayfiyatda yakunlandi.

316
Chop etish
Text to speech