Maxsus fakultet tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Maxsus fakultet tomonidan madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

Universitet Maxsus fakultet talabalari hamda sirtqi ta’lim tinglovchilari ishtirokida Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 36-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida sahna ko‘rinishlari, qo‘shiqlar, raqslar, turli ko‘ngilochar o‘yinlar va ijodiy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar o‘quvchilar bilan faol muloqot olib borib, ularni ruhlantirishga qaratilgan kichik sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va interaktiv o‘yinlar tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – ta’lim ehtiyoji bo‘lgan bolalarga quvonch ulashish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish, ijtimoiy faolligini oshirish hamda talabalarda mehr-oqibat va mas’uliyat tuyg‘usini kuchaytirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir yakunida o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi, samimiy tilaklar bildirildi. Ushbu tashabbus bolalarda quvonch, ishtirokchilarda esa iliq taassurot va faxr tuyg‘usini uyg‘otdi.

1447
Chop etish
Text to speech