Universitet kursantlari o‘rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlanga…

Universitet kursantlari o‘rtasida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna ko‘rinishlari tan…

Jamoat xavfsizligi universiteti Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish bo‘limi tashabbusi bilan Universitet Ma’naviyat va ma’rifat markazida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab Universitet kursantlaridan iborat jamoalar o‘rtasida sahna ko‘rinishlari ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Unda, Universitet ijodkor kursantlari tomonidan adabiyot, nafis san’at, tabiat go‘zalligiga yoshligidan mehr qo‘ygan Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, ijodi, jangovar hamda ma’naviy-ma’rifiy jabhalarda biz yoshlarga qoldirgan boy me’rosini o‘rganish bilan bir qatorda ularni barcha yoshlarga targ‘ib qilish hamda bu orqali Boburning buyuk sifatlarini, vatanparvarlik fazilatlarini unib o‘sayotgan yoshlar ongida gavdalantirish va yoshlarning ona yurtga bo‘lgan sadoqat hamda muhabbatini yanada oshishiga sabab bo‘lishi shubhasizdir. Aynan, ushbu ijobiy fazilatlarni shakllantirish maqsadida tashkil etilgan sahna ko‘rinishlari tanlovi aynan harbiy xizmatchilarda vatanga bo‘lgan sadoqat hamda bunyodkorlik g‘oyalarini yanada mustahkamlashiga xizmat qiladi. Sahna ko‘rinishlari tanlovida g‘oliblikni egallagan jamoalar Universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

469
Chop etish
Text to speech