3-DEKABR - “XALQARO NOGIRONLAR KUNI” 

3-DEKABR - “XALQARO NOGIRONLAR KUNI” 

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 100-maktab internatda boʻldilar. Bu tashrif maktab-internatning oʻqituvchi-yu oʻquvchilari uchun katta bayramga aylanib ketdi. Qanday bayram? BMTga a'zo barcha mamlakatlar har yili 3-dekabrni “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida keng nishonlaydilar. 100-maktab-internat Bolalarining harbiy orkestr ijrosidagi kuy-qoʻshiqlarga zavq bilan raqs tushishlarini, bir-birini olqishlashlarini koʻrib, koʻngildan bir gap kechadi: bu gʻayratli bolajonlar orasida qanchadan qancha qobiliyat egalari bor. Ular oʻz matonati, sabr-bardoshi bilan hatto sogʻlom odamlarga ibrat boʻladi. Bu fikrimiz isbotini oʻquvchi yoshlarning ijodiy ishlaridan tayyorlangan kichik koʻrgazma orqali ham koʻrgandek boʻldik. Yosh koʻngildagi bu zavq, bu havaslar, albatta, izsiz ketmaydi. Bugun yurtimizda barcha fuqarolar, jumladan, nogironlarga ham bir xil imkoniyatlar eshigini ochadigan inklyuziv jamiyat barpo etish uchun qizgʻin jarayon ketyapti. Buning uchun yoshlarimiz egallaydigan chuqur bilim asosiy manba boʻladi. Shunday qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti vakillari poytaxtimizning Olmazor tumanida joylashgan 100-maktab internat oʻquvchi yoshlariga samimiy tilaklar bildirib, ularni Xalqaro nogironlar kuni bilan samimiy tabrikladilar.

299
Chop etish
Text to speech