O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qarori, Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-sonli qaroriga muvofiq
2025/2026-o‘quv yili uchun Universitet magistraturasining quyidagi harbiy mutaxassisliklariga tinglovchilarni qabul qilish jarayonlari boshlanganligini e’lon qiladi:
- Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati (sohalar bо‘yicha menejer)
- Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati (psixolog)
- Qо‘riqlash faoliyatini ta’minlashning qо‘mondonlik-muhandislik faoliyati (elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi)
- Jamoat xavfsizligi (yurist)
- Iqtisodiy xavfsizlik (iqtisodchi)
Eslatma: Magistratura harbiy mutaxassisliklariga о‘qishga kirish istagani bildirgan nomzodlardan hujjatlar yig‘ma jildi Universitet qabul komissiyasi tomonidan joriy yilning 10-aprelidan 1-iyunga qadar qabul qilinadi.
Universitet magistraturasiga qabul jaroyonlari yuzasidan qо‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://lex.uz/docs/5556888#5568075
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univursiteti qabul komissiyasi