“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida Jamoat xavfsizligi universitetida h…

“Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida Jamoat xavfsizligi universitetida harbiy xizmatchilarning fa…

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq
va armiya – bir tanu bir jon!” tamoyili asosida 2024 yil 6 yanvar kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida shaxsiy tarkibning 150 ga yaqin farzandlari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʼtkazildi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar bilan “Yangi Oʼzbekiston armiyasi – mamlakat qudrati, yuksak gʼurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida soʼnggi yillarda Milliy gvardiya tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar toʼgʼrisida davra suhbati oʼtkazildi. Davra suhbatidan soʼng, yoshlar eʼtiboriga “Аlvon beretlar” badiiy jamoasi tomonidan kuy va qoʼshiqlardan iborat kontsert dasturi va shoir kursantlar tomonidan badiiy chiqishlar taqdim etildi. Badiiy chiqishlarlardan soʼng, Orkestr jamoasi, kursantlar tarkibidan iborat qoʼl jangi va qurol bilan saf guruhlari tomonidan koʼrgazmali chiqishlar namoyish etildi. Koʼrgazmali chiqishlardan soʼng tashrif buyurgan yoshlar oʼrtasida sportning “Krossfit” turi va arqon tortish boʼyicha sport musobaqalari tashkillashtirilib, gʼolib jamoalar diplom va sovgʼalar bilan taqdirlandi. Qizgʼin oʼtgan sport musobaqalaridan soʼng, yoshlar eʼtiboriga harbiy qurol-aslahalar, harbiy libos namunalari, radioaloqa vositalari, xizmat otlari va xizmat itlari koʼrgazmasi namoyish etildi. Shundan soʼng, yoshlarni guruhlarga boʼlgan holda, ular uchun Universitet hududlari boʼylab sayohat tashkillashtirildi.

854
Chop etish
Text to speech