Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig’ilishida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli yo‘l xaritasida, “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” dasturida belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan, hamda yoshlarni sog’lom turmush tarziga keng jalb qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jismoniy tayyorgarlik va sport, O‘q otish tayyorgarligi kafedralari tomonidan 2024 yil 1 mart kuni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani 192-sonli umumta’lim maktabida Olmazor va Shayxontohur tumanlari umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida “Shunqorlar” nomli harbiylashtirilgan sport musobaqasi va “Osh musobaqasi” o‘tkazildi. Tadbirga Universitet faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Murakayev Ilgizar Shavkatovich tashrif buyurib, ochilish marosimida o‘quvchi-yoshlarga harbiy vatanparlik bu faqat qo‘lga qurol olib vatannni qo‘riqlash, himoya qilish emas, insonda avvalam bor oiladan, bog’chadan, maktabdan va keyingi xayot bosqichlaridan to umrini oxirigacha halollik, samimiylik, mardlik, oilasiga va vataniga sadoqatlilik hamda oliyjanoblik sifatlari shakllanib borishi kerakligi haqida so‘z yuritdi. Musobaqada o‘quvchi-yoshlar sportning funksional ko‘pkurash turi elementlari bo‘yicha tumbaga sakrab chiqish va tushish, 8 kg gantelni 10 mart ko‘tarish, sakragichda sakrash, tayangan holda qo‘llarni bukib yozish, yotgan holda oyoqlarni yuqoriga ko‘tarib tushirish, turnikda tortilish va 50 metrga yugurish mashqlarini bajardilar. Harbiy estafeta turi bo‘yicha 50 metr masofaga yugurib kelib Kalashnikov avtomatini noto‘liq qismlarga ajratish, jaroxat olgan yoki yaradorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish va uni extiyot choralarini qo‘llagan holda 50 metr masofadagi belgilangan joyga olib borish, gazga qarshi niqobni kiyib 50 metrga yugurib borib, noto‘liq qismlarga ajratilgan Kalashnikov avtomatini yig’ish va marra chizig’iga qaytib yugurib kelish shartlaridan o‘tdilar. Musobaqaning oxirgi shartida o‘quvchi-yoshlar jamoa bo‘lib arqon tortish bo‘yicha bellashdilar. Shuningdek, ushbu umumta’lim maktabida o‘quvchi-yoshlarda bo‘lgan kasb-hunar qobiliyatlarini aniqlash va ulardagi mavjud mahoratlariga yanada motivatsiya berish, qo‘llab-quvvatlash maqsadida 5 ta jamoa o‘rtasida “Osh musobaqasi” tashkillashtirildi. “Osh musobaqasi” natijalari hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan baholandi. Yuqorida qayd etilgan “Shunqorlar” deb nomlangan harbiylashtirilgan sport musobaqasi va “Osh musobaqasi” da g’olib va sovrindor bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar va jamoalar diplom, medal hamda sovg’alar bilan taqdirlandilar.