Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Xalq va armiya – bir tanu, bir jon!” tamoyili asosida joriy yilning 12 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida qayta ta'mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan “Ma'naviyat va ma'rifat markazi binosi ochilishi”ga bagʻishlangan tantanali tadbir oʻtkazildi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondonligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi a'zolari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zolari, Faxriy mehmonlar, harbiy xizmatchilar va oʻquvchi-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirda dastlab, tashrif buyurgan mutasaddi rahbarlar tomonidan mazkur binoni ochilishiga bagʻishlangan tabriklar yetkazildi, shundan soʻng binoga kiraverishda “Lenta kesish” marosimi oʻtkazildi. “Lenta kesish” marosimidan soʻng tashrif buyurgan mutasaddi rahbarlar bino ichiga kirgan holda, u erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Shundan soʻng, ular e'tiboriga tadbirlar oʻtkazish zalida “Universitet tarixi va bugungi kuni” mavzusidagi videorolik namoyishi hamda “Alvon beretlar” badiiy jamoasi tomonidan ijodiy chiqishlar taqdim etildi.