DUATLON boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida universitet harbiy xizmatchilari faxrli o'rinla…

DUATLON boʻyicha Oʻzbekiston chempionatida universitet harbiy xizmatchilari faxrli o'rinlarni egallashdi

Joriy yilning 14 aprel kuni Toshkent shahrining Yangi Oʻzbekiston bogʻida sportning DUATLON turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Chempionatda Jamoat xavfsizligi universitetining terma jamoasi ham faol qatnashib, 241 oʻquv guruhi kursanti Qodirov Azamjon Azamat oʻgʻli absolyut yoʻnalishida fahrli uchinchi oʻrinni, 18-24 yosh guruhida birinchi oʻrinni, ushbu yoʻnalishda 111 oʻquv guruhi kursanti Choriyev Oʻrol Nurboy oʻgʻli ikkinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar. Shuningdek, 25-29 yosh guruhi yoʻnalishida TvaMITE boʻlimi ofitseri Tursunboyev Abror Akmaljon oʻgʻli ikkinchi oʻrinni egalladi. Ayollar oʻrtasida 18-24 yosh guruhi yoʻnalishida 413 oʻquv guruhi kursanti Muxtorova Farida Nurali qizi fahrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. Chempionatda podpolkovnik Kuliyev Ruslan Sadulloyevich va mayor Mustafoyev Navroʻz Gʻopirjon oʻgʻli tashkilotchi va hakam sifatida qatnashdi. Terma jamoa murabbiysi Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi katta oʻqituvchisi kapitan Abdullayev Akrom Ilxom oʻgʻli. Gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandilar.

275
Chop etish
Text to speech