“Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferens…

“Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining axborot xati

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining “Ilmiy-tadqiqot ishlari” rejasining tegishli bandiga muvofiq va ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etishga doir vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi unversitetida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur harbiy mahoratini о‘rganish va keng miqyosda targ‘ib etish maqsadida “Amir Temur buyuk sarkarda va davlat arbobi” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi о‘tkazilishi rejalashtirilgan. Konferensiya Jamoat xavfsizligi unversiteti “Ijtimoiy-gumanitar” fanlar kafedrasi tomonidan Respublikamizning bir qator ta’lim muasssasalari bilan hamkorlikda 2025-yil 8-aprel kuni soat 15:00 da  bо‘lib о‘tadi.

Konferensiya Amir Temur hayoti va faoliyati, harbiy mahorati va harbiy san’ati, ilmiy va ma’naviy merosi, xususan, “Temur tuzuklari”ning о‘rganilishi, temurshunoslik yо‘nalishidagi yangi tadqiqotlar, Amir Temur harbiy san’ati va harbiy mahoratining о‘rganilishining bugungi kun ilm-fan taraqqiyotidagi о‘rni kabi masalalarni muhokama qilishga bag‘ishnadi.  

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida quyidagi shо‘balar faoliyat olib boradi va maqolalar qabul qilinadi:

  1. Amir Temur davri tarixshunosligi
  2. Amir Temur markazlashgan davlat asoschisi
  3. 3. Amir Temurning jahon harbiy san’atida tutgan o‘rni
  4. 4. Amir Temur ilm-fan, madaniyat va me’morchilik homiysi
  5. 5. Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Amir Temur merosining о‘rni

Konferensiya materiallarini rasmiylashtirish tartibi:

- taqdim etilayotgan ilmiy maqola A-4 formatda, ma’ruza matni MS Word tahririda Times New Roman shriftida 14 о‘lchamda teriladi, 3-7 betgacha bо‘lgan hajmda (betlar tо‘liq bо‘lishi lozim), 1,0 interval oraliqda, qog‘ozning chetlaridan 2,0 sm hoshiyalar qoldirilgan holda tayyorlanadi, betlarga raqam qо‘yilmaydi;

- birinchi qatorda maqolaning nomi sahifaning о‘rtasida bosh va qalin harflarda, ikkinchi qatorda muallifning ismi-sharifi va ish joyi kо‘rsatiladi, 3-qatordan matn yoziladi. Asosiy matn. Asosiy matn. Asosiy matn [1, adabiyotning qaysi betidan olinganligi, masalan: 11-b.]. Asosiy matn.

- maqolalar о‘zbek (faqat lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillaridan birida lotin yozuvida tahrir qilingan holda qog‘oz va elektron shaklda tashkiliy qо‘mitaga 2025-yil 20-mart kuniga qadar junatilishi zarur.

Konferensiya tahririyati ilmiy maqola va tezislarni bepul chop etib tо‘plamning faqat elektron shakli (pdf)ni tarqatishni rejalashtirilgan. Tashkiliy qo‘mita rasmiylashtirish talablariga javob bermagan va tahrirdan o‘tmagan maqolalarni to‘plamga kiritmaslik huquqiga ega hamda u haqda muallifga izoh berish majburiyatini olmaydi.

 Manzil: Toshkent vil., Zangiota tumani, Chorsu qо‘rg‘oni 100 uy.

Tashkiliy qо‘mita: Jamoat xavfsizligi universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi.

Maqola yuborish va bog‘lanish uchun telefon raqami: +998935815667.

1855
Chop etish
Text to speech