O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti o‘rtasida 2022-yil 13-oktyabrda imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan joriy yilning 2-dekabr kuni Jamoat xavfsizligi universitetida Bakalavriat fakulteti 3-bosqich “Pasport tizimini huquqiy ta’minlash” yo‘nalishi 134-o‘quv guruhi kursantlari bilan “Pasporti tizimi sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik” mavzusi bo‘yicha Shayxontoxur tumani Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limida amaliy tajribaga ega bo‘lgan malakali mutaxassis xodimlar ishtirokida Amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Mashg‘ulot davomida kursantlar pasport tizimi qoidalarini buzgan fuqarolarga bevosita ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirib, bilimlarini amaliy jihatdan yanada mustahkamlashdi.