Fotogalereya

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura bosqichi tinglovchilari podpolkovnik M. Dusqobilov va S. Yuldashevlar tomonidan joriy yilning 6-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari 7531 harbiy qismda o‘tkazilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘tkazildi. Magistratura tinglovchilar tomonidan harbiy qism shaxsiy tarkibiga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi o‘zgarishlar va yangi kiritilgan moddalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida shaxsiy tarkibni qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Text to speech