O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-72-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash bo‘yicha Jamoat xavfsizligi universitetining magistratura bosqichi tinglovchisi mayor M.A.Muminova tomonidan joriy yilning 7-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy musiqa akademik litseyida davra suhbati o‘tkazildi. Magistratura tinglovchisi tomonidan o’quvchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, undagi o‘zgarishlar va yangi kiritilgan moddalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir yakunida o’quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.