O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuniga bag‘ishlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish dasturi ijrosini ta’minlash, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo’mondoni o’rinbosari polkovnik S.D.Mamayusupovning 2023 yil 18 noyabr kuni o’tkazilgan xizmat yig’ilishini 45-son bayonnomasining 3-bandi ijrosi yuzasidan joriy yilning 5 dekabr kuni Toshkent shahrida joylashgan Milliy gvardiya 98151 harbiy qismi shaxsiy tarkibi bilan “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi proffesor o’qituvchilari professor M.S.Abdullayeva, polkovnik A.D.Anarkulovlar “Konstitutsiya – xalqchil davlat, Barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” mavzusida davra suhbati shuningdek “Oilaviy byudjetni samarali boshqarishning asosiy qoidalari” mavzusida seminar trening o’tkazishdi. Ushbu tadbirni o‘tkazishda 98151 h/q ofitserlari podpolkovnik A.Q.Axnazarov va katta leytenant Sh.F.Egamnazarovlar yaqindan ko‘maklashishdi.