Joriy yilning 5 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 noyabr kunidagi "O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi F-72-son Farmoyishi ijrosini ta'minlash maqsadida "jamoat xavfsizligini ta'minlash" kafedrasi o'qituvchisi katta leytenant Sh.O.Axmedov va "qo'riqlashni muhandislik-texnik ta'minoti" kafedrasi o'qituvchilari podpolkovnik I.Ochilov va kapitan Sh.Shukurovlar tomonidan Toshkent shahar Olmazor tumani "orzu" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan "yangi O'zbekiston Konstitusiyasi – inson huquqlari kafolati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida yangilangan Konstitusiyaga oid ma'lumotlar berildi hamda undagi asosiy normalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.