Joriy yilning 4 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasining tashabbusi bilan “Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi.