Mehnat sohasidagi yangi va zamonaviy qonunchilikning rivojlanish tendensiyalarini ilmiy jamoatchilik о‘rtasida muhokama qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2025-YIL 25-SENTABR KUNI SOAT 15.00 da “MEHNAT QONUNCHILIGINING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferentsiya o’tkazilishi rejalashtirilgan. Konferentsiya materiallari ilmiy to’plam sifatida chop etiladi. Shu munosabat bilan mavzuga oid tezislar bilan barcha ilmiy jamoatchilik, shuningdek amaliyot mutaxassislari va kursant (talaba)lar ishtirok etishlari mumkin.
Respublika konferentsiyasi materialini rasmiylashtirish tartibi:
- ilmiy tezis A-4, Word formatida, Times New Roman shriftida 14 o’lchamda teriladi. Matn 3-7 betgacha bo’lgan hajmda, 1,0 intervalda, qog’oz chetlaridan 2,0 sm hoshiya qoldirilgan holda tayyorlanishi lozim;
- matni avvalida о‘ng burchakda muallif ma’lumotlari keltiriladi (F.I.SH., ish joyi, telefon va elektron pochta manzili). Keyin tezis nomi bosh va qalin harflarda matn о‘rtasida joylashtiriladi (annotatsiya shart emas). Adabiyotlar rо‘yxati matndan keyin keltiriladi;
- tezislar o’zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida tahrir qilingan holda qog’oz va elektron shaklda 2025- yil 24-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi.
Manzil: 100211, Toshkent vil., Zangiota tumani, Chorsu qo’rg’oni.
Tashkilotchi: JXU “Fuqaroviy huquqiy fanlar” kafedrasi.
Tezislarni topshirish uchun murojaat: kafedra professori Gaziyev Shoxrux Murodaliyevich.
Tel: +998887007111
Telegramm // ag_shoha_1982@mail.ru