Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida, tinchlik va osoyishtalik posbonlari bo‘lmish yo…

Yangi O‘zbekistonimiz taraqqiyoti yo‘lida, tinchlik va osoyishtalik posbonlari bo‘lmish yosh ofitserlar sharafli xi…

Vatanni asrash, uni himoya qilish — har bir farzand uchun muqaddas burchdir. Bu burchni ado etishga butun vujud, qalb, eʼtiqod bilan chog‘lanish, doimo sergak va ogoh bo‘lish lozim.
Biz bugun Milliy gvardiya Jamoat xavfsizligi universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, Vatan himoyasiga otlanayotgan uch yuzga yaqin mard va jasur o‘g‘lonlarimizning, shu bilan birga, ular bilan bir safda turgan taʼlim muassasasini ilk qaldirg‘ochlari bo‘lgan To‘maris qizlarimizning ko‘zidagi quvonch hamda baxtga guvoh bo‘lmoqdamiz.
Universitetning jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha tamomlagan bitiruvchilarga bag‘ishlangan tantanali marosim juda ham yuqori shukuhda bo‘lib o‘tdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Tadbirga Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Oliy Majlis Senati sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitalari, Respublika Harbiy prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi masʼullari, faxriylar hamda bitiruvchilarning oila aʼzolari tashrif buyurdi.
Dastlab Davlat va Milliy gvardiya bayroqlari harbiy xizmatchilar tomonidan saf maydoniga tantanavor olib kirildi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar safda qad rostlab turgan ofitser-kadrlar kelgusida qanday lavozimlarda xizmat qilishmasin, yuksak masʼuliyat, halollik va kamtarlik fazilatlarini namoyon etishlarini, ona Vatani, xalqi va Prezidentiga bir umr sodiq qolishlarini taʼkidladilar. Shundan keyin bitiruvchilarga diplom va ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.
Tantanali marosimda qo‘mondon o‘rinbosari polkovnik S.Mamayusupov tomonidan, Milliy gvardiya Qo‘mondonining Universitet bitiruvchilarini ofitser degan sharafli nomga sazovor bo‘lganliklari va yangi hayotga qadam qo‘yayotganliklari munosabati bilan yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi. Shundan so‘ng harbiy orkestr sadolari ostida O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ijro etildi.
Shuningdek, marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi deputatlari, faxriy mehmonlar Universitet bitiruvchilari hamda ularning ota-onalari so‘zga chiqib, yosh ofitserlarni unutilmas bayram bilan samimiy qutlashdi.
Tantanali marosimning badiiy qismida kursantlar ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etilib, Jadid bobolarimiz obrazini katta mahorat bilan sahnada jonlantirishdi. Qurol bilan hamda Kinologiya xizmatining xizmat itlari bilan chiqishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ofitser-bitiruvchilar orkestr sadolari hamrohligida “Milliy gvardiyam”qo‘shig‘ini ijro etishdi.

998
Chop etish
Text to speech