Bronetank va avtomobil texnikasi kafedrasi

Kafedra tarixi: 

O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti tarkibidagi "bronetank va avtomobil texnikasi" kafedrasi 2004 yilda O'zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtining taktika va umumharbiy fanlar kafedrasi avtomobil tayyorgarligi siklidan alohida kafedra sifatida ajralib chiqqan. Kafedraga turli yillarda Evgeniy Shmerkovich Umanskiy, pedagogika fanlari nomzodi Akmal Djuraevich Redjabaev, texnika fanlari nomzodi Baxodir Baxriddinovich Urazaliev, Xalil Xafizovich Kujaxmetov, Botir Maxkamovich Karabaev, Ildar Faritovich Xodjatov, Xalil Xafizovich Kujaxmetov, Isametov Mirali Mirjamolovichlar rahbarlik qilishgan. 2017 yilning aprel oyidan noyabr oyigacha Ildar Faritovich Xodjatov va 2018 yilning yanvar oyidan to hozirgi kungacha texnika fanlari nomzodi, professor, Xamidov G'aybulla Saypillaevich kafedra boshlig'i sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Kafedra maqsadi:

Jamoat xavfsizligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydigan xarbiy texnikalarning tuzilishi, ulardan foydalanish, doimiy jangovar shayligini saqlab turish, yo'llarda xarakat xavfsizligini ta'minlash vа yo‘l transport hodisalarining oldini olish bo'yicha kursantlarga zamonaviy bilim va ko'nikmalarni beradi. Undan tashqari murakkab yoʻl sharoitlarida jangovar texnikalarni boshqarish, harbiy texnikalarning taktik-texnik koʻrsatkichlarini oshirish boʻyicha ilmiy izlanish olib borish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.
    Jamoada o'qitishning zamonaviy pedagogik usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan xolda mashg‘ulotlar olib boradi. Buning uchun kafedra zarur oʻquv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta'minlangan. Kafedrada bu borada yetarlicha ilmiy va pedagogik faoliyatga ega professor oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatib kelmoqda.

"Bronetank va avtomobil texnikasi" kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimi uchun avtomobil va jangovar texnikalarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va texnikalardan samarali foydalanish bo'yicha bilim va malakaga ega professional kadrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, yo'l harakatini tashkil etish, harakat xavfsizligini ishonchli ta'minlash va nazorat qilish, hamda yo'l-transport hodisalarini malakaviy surishtiruvini amalga oshiruvchi yuridik va texnik bilimlarga ega kadrlarni tayyorlaydi.

Kafedra boshlig'i

Texnika fanlari nomzodi, professor

Xamidov G'aybulla Sayfullayevich

Kafedra boshlig'ining o'rinbosari

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Axmedov Doniyor Anvarjonovich

Kafedra professori

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Aslonov Norqul Robbanayevich

Kafedra dotsenti

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Aliboyev Baxtiyor Abduraxmonovich

Kafedra dotsenti

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Irisov Xusniddin Doniyorovich

Kafedra dotsenti

dotsent

Gulyamov Normuhammad Shermuhamatovich

  Soʻngi yillarda kafedra tomonidan koʻpgina yutuqlarga erishildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim qilingan bajarilishi 2019-2021 yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar loyihasida kafedra dotsenti D.Axmedovning ilmiy ishlanmasi gʻolib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi. Ilmiy tadkikotlarni moliyalashtirish uchun Innovatsiya rivoylanish vazirligi tomonidan ikki yilga 600 mln sum moliyalashtirildi. Bu institut tarixida birinchi davlatgranti hisoblanadi. Shuningdek uchta dasturiy ta'minotga Intellektualьnыy mulьk agentligi tomonidan patent olindi. Kafedrada «Ustoz-shogird» an'analari yaksshi yo'lga koyilgan. 2018-2019 o'kuv yilida kafedra boshlig'i o'rinbosari А.Baboev raxbarligida 132-gurux kursanti F. Bobodjonov «Аvtomobilьnыy texnik ekspluatatsiya va servisi» fanidan respubliki fanat olimpiadasida faksrli 3-o'rinni egalladi va Oliy va o'rta maksus ta'limi vaziri tomonida sertifikat berildi. 2019-2020 o'quv yilida esh Kafedra proffesor-o'qituvchilari rahbarligida institutning 2-3 bosqich kursantlari «Avtomobillar Texnik eksplutatsiya va Servisi» fanidan ventilyator olimpiadasida Respublika ko'plab faxrli o'rinlarni egallashdi jumladan, 4 ta Birinchi o'r v 2 ta ikkinchi o'rinlarni 3-o'rinni egallashdi v Oliy v oʻrta maxsus ta'limi vaziri tomonida sertifikat berildi. 

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi 

 

Toshkent davlat transport universitetilari bilan oʼzaro hamkorlik ishlari yoʼlga qoʼyilgan

KAFEDRANING O‘QUV-METODIK FAOLIYATI:

Avtomobil tayyorgarligi - D.A.Axmedov, B.A.Aliboyev, N.Sh.Gulyamov, B.X.Abduraimov, I.I.Umurzakov. Avtomobil tayyorgarligi. Darslik

Harbiy avtotransport va avtomobil tayyorgarligi - G‘.S.Xamidov, A.A.Nazarov, J.A.Omarov, B.X.Abduraimov, A.A.Kaxxarov, N.Sh.Gulyamov, A.E.Tuxtayev,

Sh.E.Janiyev. Harbiy avtotransport va avtomobil tayyorgarligi. Darslik.

Harbiy avtotransport vositalarining gidravlik jihozlari - Aliboev B.A., Xikmatov Sh.I. Harbiy avtotransport vositalarining gidravlik jihozlari. O’quv qo’llanma

Avtomobillarni boshqarish - Gulyamov N.Sh. Avtomobillarni boshqarish. O’quv qo’llanma.

Text to speech