Sayt test rejimida ishlamoqda

Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta’minlash kafedrasi

“Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutining kadrlar chiqaruvchi yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, davlat ta’lim standartlarining talablariga muvofiq Institutda amalga oshiriladigan “5710300-Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi, ushbu bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hujjatlarning o‘quv-metodik kompleksini tuzadi, ixtisoslik fanlarini o‘qitadi va mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kursantlarning sifatli tayyorgarligi uchun mas’ul hisoblanadi.

Tasdiqlangan o‘quv reja va fan o‘quv dasturlariga muvofiq kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha kafedraga biriktirilgan fanlardan o‘quv jarayonini amalga oshirish;
ta’lim, ilmiy faoliyat jarayonida intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishda shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
kafedraning profili bo‘yicha fundamental, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni va boshqa ilmiy-texnik, tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish va o‘tkazish;
asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlari bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish va o‘tkazish.

Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
“5710300-Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
1. Texnik qo‘riqlash vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish.
2. Qo‘riqlashning videokuzatuv tizimlari.
3. Ob’yektga kirish-chiqish jarayonini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlar.
4. Jangovar xizmatni muhandislik texnikalari bilan ta’minlash.
5. Taqiqlangan buyumlarni aniqlovchi texnik vositalar.
6. Texnik qo‘riqlash vositalari.
7. Ob’yektlarni muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash texnologiyasi.
8. Radio-telemexanik tizimlardan foydalanish va ta’mirlash.
9. Televideniye va telemexanika asoslari.
“5710100-Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
10. Jangovar xizmatni muhandislik texnikalari bilan ta’minlash.
11. Terrorizm bilan kurashish texnik vositalari.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech