Respublika ishchi guruhi tomonidan sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” a'zolaring fao…

Respublika ishchi guruhi tomonidan sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” a'zolaring faoliyati samaradorligini ya…

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirigʻiga asosan Namangan viloyati Chortoq tumanida respublika ishchi guruhi tomonidan sektor rahbarlari va “mahalla yettiligi” a'zolaring faoliyati samaradorligini yanada oshirish borasida mas'ul xodimlar salohiyatini mustahkamlash yuzasidan oʻquv-seminarlar tashkil etildi.
Oʻquv-seminarlarda Davlat boshqaruvi akademiyasi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Namangan viloyati filiali, Namangan viloyati va Chortoq tumani hokimligi hamkorligida Chortoq tumani sektor rahbarlari hamda “mahalla yettiligi” a'zolari shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti dotsentlari A.T.Achilov va X.M.Olimjonovlar ishtirok etishdi. Faoliyat jarayonida aholi kayfiyatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni bartaraf etish, muammolarni oʻrganish va hal etish, bandlikni ta'minlash, kambagʻallikni qisqartirish, mijozbay ishlash mexanizmini hamda “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan tashkiliy-uslubiy chora-tadbirlar olib borildi.
Shu bilan birga A.T.Achilov tomonidan “Tinchlik” mfy va X.M.Olimjonov tomonidan “Baynalminal” MFYlariga chiqilib, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishildi va aholi muammolari oʻrganilib, ularning yechimlari boʻyicha taklif va uslubiy tavsiyalar berildi.

750
Chop etish
Text to speech