"Qoʻl jangi-bu qurol" shiori ostida Universitet birinchilik musobaqasi oʻtkazildi.

"Qoʻl jangi-bu qurol" shiori ostida Universitet birinchilik musobaqasi oʻtkazildi.

Joriy yilning 31 may kuni Universitet kursantlari oʻrtasida qoʻl jangi usullarini koʻrgazmali bajarish boʻyicha "Qoʻl jangi-bu qurol" shiori ostida Universitet birinchilik musobaqasi oʻtkazildi. Musobaqada kursantlar jangovar tizimga asoslangan qurol bilan qoʻl jangining maxsus texnikalarini namoyish etdilar. Pichoq, avtomat, piyoda belkuraklari, himoya qalqoni, rezina tayoqlar bilan hujum va himoyalanishlarni, zararsizlantirish usullarini real voqealarga yaqinlashtirilgan darajada koʻrsatib berdilar. Birinchilik natijasiga koʻra, uchinchi oʻrinni 9 vzvod jamoasi, ikkinchi oʻrinni 2 vzvod jamoasi, birinchi oʻrinni 11 vzvod jamoasi egalladi. Shuningdek, musobaqaning oliy sovrini 2 kursantlar bataloni jamoasiga berildi. Gʻolib va sovrindorlar koʻchma kubok bilan taqdirlandi.

612
Chop etish
Text to speech