Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Bilimlar estafetasi” tanlovi oʻtkazildi

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Bilimlar estafetasi” tanlovi oʻtkazildi

  

     Toshkent shahrida joylashgan “Adiblar xiyoboni” nafaqat tashqi koʻrinishi, oʻziga xos landshafti, balki ma'naviy-ma'rifiy hamda madaniy jihatdan ham ahamiyatlidir. Oʻzbek milliy adabiyotining shu maskanda nomlari zikr etilgan hamda haykallari oʻrnatilgan 24 ta yirik namoyandalar, atoqli ziyolilar hamda ma'rifatparvarlarning hayot yoʻli, ijodi, oʻlmas merosi hozirgi va kelajak avlod uchun ulkan ibrat maktabidir.  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstrasiyasining 2024 yil 13 apreldagi № 03-PA 1-5359-son koʻrsatmasi ijrosi yuzasidan, Jamoat xavfsizligi universitetining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlarni tashkil etish boʻlimi tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida haykallari oʻrnatilgan adiblarning hayoti va ijodini oʻrganishga qaratilgan harakatli “Bilimlar estafetasi” tanlovi oʻtkazildi. “Bilimlar estafetasi”da Universiteti kursantlari, talabalari hamda harbiy xizmatchilari ishtirok etib, Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Aldulhamid Choʻlpon kabi jadid mutafakkirlarimiz, qolaversa, Ogahiy, Furqat, Oybek, Abdulla Qahhor, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Zulfiya, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf va boshqa taniqli ijodkorlarning qoldirgan bebaho ma'naviy xazinadan nechogʻli xabardor ekanliklari savollar berish orqali sinaldi. Ushbu tanlov qizgʻin hamda doʻstona ruhda oʻtdi. Tanlov ishtirokchilari adiblar hayoti va adabiy faoliyati boʻyicha bilimlarini namoyish qilib, oʻzaro bilim sinashishdi. Bellashuv natijalariga koʻra,  3-oʻrinni Universitet 1-bosqich kursanti Alijon Davronov, 2-oʻrinni 4-bosqich kursanti Muhriddin Toʻramurodov va faxrli 1-oʻrinni Universitet Sirtqi ta'lim tinglovchisi katta leytenant Nafosat Zafarova egalladi. Bellashuv natijalariga koʻra gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilarga Universitetning maxsus sovgʻalari berildi.

569
Chop etish
Text to speech