6 iyun - Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavallud topgan kun

6 iyun - Aleksandr Sergeyevich Pushkin tavallud topgan kun

Bugun 6 iyun BMT qarori bilan Xalqaro rus tili kuni deb e'lon qilingan. Shu munosabat bilan joriy yilning 6 iyun kuni “Tillarni oʻrganish” kafedrasining ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar rejasini bajarish maqsadida kafedra professor-oʻqituvchilari F.Umarova va R.Atayevalar universitet bakalavriat fakulteti 3 va 4-batalyon kursantlari bilan Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan Baynalmilal markazi maydonida A.S.Pushkin haykali yonida taniqli rus shoiri, zamonaviy rus adabiy tilining asoschisi hisoblanuvchi mashhur adib tavalludiga bagʻishlangan tadbirda qatnashdilar. Mazkur tadbir Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamda Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Unda Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, Rus madaniyat markazi raisi va boshqalar nutq soʻzladilar. Tadbirda Respublikamizning oliy oʻquv yurtlari talabalari, madaniyat markazlari vakillari, rus va jahon adabiyoti ixlosmandlari ishtirok etdilar. Gul qoʻyish marosimidan keyin Baynalmilal markazida konsert dasturi namoyish qilindi. Unda Universitetimiz kursantlari ham Pushkinning she'rlarini ijro etdilar.

559
Chop etish
Text to speech