Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi,  hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat boshqaruvi organlari uchun professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

O‘quv-uslubiy ishlar sohasida

zamonaviy o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib ijtimoiy-gumanitar fanlaridan universitetning barcha ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish.

Ilmiy-metodik ishlar sohasida

o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish.

Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida

YAngi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg‘or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash.

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasida

“Xalq va armiya, bir jonu bir tandir” g‘oyasini amalga oshirish maqsadida bo‘lajak ofitser kadrlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, tarixiy simolarimiz, buyuk sarkardalar, ilm - fan darg‘alarining merosini o‘rgatish va ularda vatanga sodiqlik, qasamiyodga sadoqat, o‘z manfaatini yurt manfaatidan ustun qo‘ymaslik hissini shakllantirish, o‘z taqdirini vatan taqdiri bilan bog‘lash tuyg‘ularini mustahkamlash.

Text to speech