Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta’minlash kafedrasi

        1990 yil 15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti tashkil topganidan boshlab, “Texnik-muhandislik ta’minoti” kafedrasi keyinchalik “Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.

        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy texnika instituti Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi, 2017 yil 4 avgust kunidagi tegishli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi sifatida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

      Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi universitetda mutaxassis tayyorlovchi kafedralardan biri bo‘lib mutaxassis ofitser kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga egadir.

      Kafedra tashkil topgan kunidan boshlab o‘tgan davr ichida o‘quv – tarbiyaviy jarayonini, o‘quv-moddiy bazasini takomillashtirish bo‘yicha zalvorli ishlar amalga oshirildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashdek ma’suliyatli va sharafli vazifalarni bajarishda kafedraga polkovnik Aleksandr Vasilyevich Smexov, podpolkovnik Igor Trafimovich Li, polkovnik Rejaboyev Sarvar Djurayevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent polkovnik Yoqubov Ulug‘bek Adxamovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent, polkovnik Achilov Farxod Bagodirovichlar kafedra boshlig‘i lavozimida samarali faoliyat yuritganlar.

KAFEDRA MAQSADI

      O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi Universitetning kadrlar chiqaruvchi yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, davlat ta’lim standartlarining talablariga muvofiq universitetda amalga oshiriladigan “61030300 – Aniqlovchi va qo‘riqlovchi tizimlardan foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi faoliyati”, “61031500 – Qo‘riqlash bo‘linmalarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “5710300 – Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi kursantlar uchun va “60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”, “60420100 – Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)”, “60310900 –Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi talabalar uchun hamda “71030301 – Qo‘riqlash faoliyatini ta’minlashning qo‘mondonlik-muhandislik faoliyati” magistratura mutaxassisligi uchun oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi, ushbu bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishi hujjatlarining o‘quv metodik kompleksini tuzadi, ixtisoslik fanlarini o‘qitadi va mazkur ta’lim yo‘nalishlari magistr, kursant va talabalarning sifatli tayyorgarligi uchun mas’ul hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, normativ-huquqiy hujjatlar, Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli buyruqlari, Universitet Kengashi qarorlari hamda ushbu Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi. Jumladan:

  • o‘z faoliyatini yillik reja asosida amalga oshirish;
  • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha tayyorlangan dastur, metodik materiallar, darslik, ma’ruzalar kursi, o‘quv qo‘llanmalar va boshqa o‘quv-uslubiy materiallar, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan yoki boshqa muassasalardan tahlil etish uchun yuborilgan o‘quv dasturlari va boshqa metodik materiallar, kafedra PO‘T va ularga biriktirilgan ilmiy-tadqiqotchilarning ilmiy-izlanish natijalari, boshqa muassasalardan kelgan ilmiy ishlanmalar, shuningdek kafedra faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni muhokama qilish;
  • kafedralarda o‘qitiladigan fanga oid dasturlarini, metodik materiallarini fan va texnika yutuqlari asosida muntazam boyitib borish, qonunchilikdagi o‘zgarishlarni muntazam kiritib borish, barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq yuqori saviyada o‘tkazishni tashkil etish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejasidagi auditoriya o‘quv yuklamasini bajarilishini ta’minlash;
  • “Ustoz-shogird” tizimida ishtirok etib, kursant (tinglovchi)lar bilan ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish;
  • kursant (tinglovchi)larning ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi) bo‘yicha yuksak kasbiy tayyorgarlikni, fikrlash, tashabbuskorlik, ijodiy va mehnatga bo‘lgan qobiliyatini shakllantirish, ularni qonunga hurmat, insonparvarlik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xalqiga beg‘araz va sidqidildan xizmat qilish ruhida tarbiyalash;
  • o‘quv-tarbiya jarayonining samaradorligini, o‘quv fanlarini o‘qitishning nazariy va metodik darajasini muntazam ravishda oshirish, ta’lim va tarbiyani xizmat vazifalari bilan uyg‘unlashtirish, huquq-tartibot organlarining ilg‘or tajribalaridan foydalanish asosida mutaxassislar tayyorlash sifatini doimiy ravishda oshirib borish;
  • kafedra professor-o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini muntazam ravishda oshirib borish, ularni mashg‘ulot o‘tishlarini nazorat qilish, jadvalga muvofiq pedagogik nazoratni, mashg‘ulotlarga o‘zaro qatnashuvni tashkil etish va o‘tkazish;
  • yosh o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirishga ko‘maklashish, pedagogik tajribasini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda choralar ko‘rish hamda mashg‘ulotlarni olib borishda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va interaktiv uslublardan foydalanishni tashkil etish;
  • raqobatbardosh ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash va shaxsiy tarkibni jangovar va jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning sog‘ligini yaxshilash bo‘yicha tadbirlarni tashkil etish;
  • kursant (tinglovchi)lar bilimlarini reyting tizimi asosida o‘z vaqtida
    va xolisona baholab borish, tasdiqlangan jadvalga muvofiq maslahatlar o‘tkazish;
  • kafedra qoshidagi iqtidorli kursant (tinglovchi)lar ilmiy to‘garagi ishini tashkil etish, ularni fan yutuqlari, ilmiy ishlanmalar, maxsus va boshqa adabiyotlar bilan ishlashini, muammo va kamchiliklar ustida muntazam shug‘ullanishlarini ta’minlash;
  • kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ijrochilik intizomini ta’minlash, kafedrada mehnatni muhofaza qilish, sanitariya qoidalari, yong‘in xavfsizligi va boshqa xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, Universitetning mol-mulkini avaylash, undan oqilona foydalanishni tashkil etish;
  • kursant (tinglovchi)larga o‘z xizmat burchini o‘tashi, qonun talablari hamda lavozim vazifalarini namunali tarzda bajarishlarini nazorat qilish, harbiy nizomlar va harbiy qasamyodga amal qilish, ularning xizmat vazifalarini namunali tarzda bajarishlari uchun o‘zi o‘rnak bo‘lish;
  • kafedrada o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha mavzular rejasi, o‘quv rejalari
    va boshqa o‘quv-metodik hujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etish va belgilangan muddatlarda, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlash;
  • kafedra a’zolari o‘rtasida o‘quv yuklamasini taqsimlash va uning o‘z vaqtida sifatli bajarilishini; o‘quv mashg‘ulotlarni o‘tkazishni tashkil etish va ularning ilmiy, metodik va tarbiyaviy darajasi, olinadigan bilim, ko‘nikmalarning mutaxassislikka oid yo‘naltirilganligini nazorat qilish;
  • kafedraning ish rejasi va hisobotini, kafedra xodimlari va professor–o‘qituvchilarining shaxsiy ish rejalarini, kafedra faoliyatiga taalluqli boshqa hujjatlarni tayyorlash va ularni Universitet boshlig‘ining tasdig‘iga taqdim etish;
  • kafedrada o‘quv, ilmiy-metodik, tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun zaruriy sharoitlarni yaratish;
  • o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va unga rahbarlik qilishga; kafedra faoliyatini rejalashtirish va amalga oshirilgan ishlar hisobot hujjatlarini o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlash;
  • kafedraga biriktirilgan hudud, ob’ekt, xonalar va sinflarda ichki tartibga rioya qilinishi, ulardan to‘g‘ri foydalanish, shuningdek yong‘in xavfsizligi talablarining bajarilishini nazorat qilish;
  • kafedra shaxsiy tarkibining shaxsiy xavfsizlik choralarini bilish va ularga rioya qilishni talab qilish;
  • kafedra o‘qituvchilari va Universitet kursant (tinglovchi)larining malakaviy amaliyotini tashkillashtirish va o‘tkazish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalarni ishlab chiqish;
  • o‘quv yili mobaynida kamida bir marta namunaviy darslarni o‘tkazish;
  • ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha rejalar bajarilishi va pedagogik xodimlar malakasini doimiy ravishda oshirilishini ta’minlash;
  • zamonaviy o‘qitish texnik vositalari bilan ta’minlash
    va jihozlash choralarini ko‘rish, fanlar bo‘yicha o‘quv adabiyotlar, ma’ruzalar, metodik va ko‘rgazmali qurollar jamg‘armasini to‘ldirib borish; kafedra shaxsiy tarkibi tomonidan, shuningdek o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha kursant (tinglovchi)larning maxfiylik tartibiga rioya etishini nazorat qilish;
  • kursantlarni mustaqil tayyorgarliklarini tashkillashtirishni va o‘tkazilishini nazorat qilish;
  • Universitet boshlig‘ining ko‘rsatmasini hamda nizom, buyruqlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning bajarilishini ta’minlash;
  • o‘quv-tarbiya jarayonini amaliyot bilan bog‘langan holda tashkil etish; shaxsiy tarkibning ishchanlik va axloqiy sifatlarini bilish, ularda yuqori jangovar va ruhiy sifatlar, xizmat burchini ongli bajarish hissini shakllantirish, yakka tartibdagi tarbiyaviy ishlarni muntazam olib borish;
  • maxfiylik tartibini o‘rnatish va unga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish;
  • o‘quv va amaliy o‘q otish mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazish, o‘quv yili mobaynida esa kamida ikki marta ochiq va ko‘rsatma darslarni o‘tkazish;
  • tizimli ravishda o‘zining ilmiy-uslubiy saviyasini oshirish, harbiy va maxsus bilimlarini, amaliy tajribasini va pedagogik mahoratini takomillashtirish;
  • o‘qituvchilarining uslubiy darajalarini takomillashtirishga oid ishlarni olib borish;
  • ta’lim, fan va ishlab chiqarishni integratsiya qilish bo‘yicha ishlarni olib borish;
  • belgilangan muddatlarda Universitet ilmiy-tadqiqot bo‘limiga o‘quv yilida qilingan ilmiy ishlar bo‘yicha hisobotni taqdim qilish.

Kafedra boshlig'i

Texnika fanlari falsafa doktori(Phd), dotsent

Qoldoshev Ikrom Xamidullayevich

Kafedra boshlig‘ining о‘rinbosari

Xursandov Elyor Dustbekovich

Kafedra dotsenti

Texnika fanlari falsafa doktori(Phd), dotsent

Pen Andrey Yurevich

Kafedra dotsenti

Dotsent

Ochilov Istam Nabiyevich

 О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Axborot texnologiyalari” va “Telekommunikatsiya” kafedralari о‘rtasida о‘quv, uslubiy  va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.

 

 О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan. 

 

 О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi bugunga qadar yuqori ilmli kadrlar tayyorlash borasida Ichki Ishlar akademiyasi bilan birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.

 

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan. 

 

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan. 

 

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda O'zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan. 

 

 О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi bugunga qadar yuqori ilmli kadrlar tayyorlash borasida Milliy Gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.

Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitiladi:
“5710300-Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
1. Texnik qo‘riqlash vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish.
2. Qo‘riqlashning videokuzatuv tizimlari.
3. Ob’yektga kirish-chiqish jarayonini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi tizimlar.
4. Jangovar xizmatni muhandislik texnikalari bilan ta’minlash.
5. Taqiqlangan buyumlarni aniqlovchi texnik vositalar.
6. Texnik qo‘riqlash vositalari.
7. Ob’yektlarni muhandislik-texnik qo‘riqlash vositalari bilan jihozlash texnologiyasi.
8. Radio-telemexanik tizimlardan foydalanish va ta’mirlash.
9. Televideniye va telemexanika asoslari.
“5710100-Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha:
10. Jangovar xizmatni muhandislik texnikalari bilan ta’minlash.
11. Terrorizm bilan kurashish texnik vositalari.

Text to speech