Kafedraning maqsadi - mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida Qurolli Kuchlar tizimiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuqori darajadagi, malakali, ma'nan va jismonan yetuk, salohiyatli kadrlarni yetishtirib chiqarishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel'dagi “Jamoat xavfsizligining ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qaroriga asosan 2021 yil 3 iyul' kuni tashkil etilgan.
Oʻquv-uslubiy ishlar sohasida – oʻqitishning innovatsion metodlaridan foydalanib bakalavriatiraning “Yul-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimining huquqiy ta’minlash” ta’lim yoʻnalishlari va magistraturaning “Jamoat xavsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv ishlarini tashkil etish; v ilmiy-metodik ishlar sohasida – oʻquv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʻrgangan holda professor-oʻqituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish; ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, bank-moliya, investitsiya, soliq-budjet, iqtisodiy xavfsizlik islohotlarining ustuvor vazifalari, ilgʻor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash; tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʻz mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;
Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bogʻliq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish
КАФЕДРА АЪЗОЛАРИ: кафедра бошлиғи полковник ю.ф.д., профессор С.М. Селиманова, кафедра бошлиғининг ўринбосари подполковник, ю.ф.б.ф.д. Б.Ч. Ярашев, кафедра профессори ю.ф.д., профессор И. Исмаилов, кафедра доцентлари: ю.ф.н., доцент Б.Э. Закиров, ю.ф.н., доцент Г.С. Шарипова, ю.ф.н., доцент Ғ.Т. Хакимов, и.ф.н., доцент Л.Р. Шаюсупова, с.ф.б.ф.д. (PhD), доцент Р.Р. Рашидов, ф.ф.б.ф.д. (PhD), доцент Д.Д. Юсупова, ю.ф.б.ф.д. (PhD), подполковник К.М. Рахимов, кафедра катта ўқитувчилари: подполковник У.Т. Суннатов, капитан С.Р. Турсунова, хизматчи Ш.Н. Юлдашев, кафедра ўқитувчилари: капитан У.Ш. Таллибаев ва катта лейтенант Ш.О. Ахмедовлар муваффақиятли фаолият юритиб келмоқдалар.
КАФЕДРАНИНГ ШИОРИ.
Юристнинг мажбурияти – ўз халқининг ҳуқуқий онгини юксалтириш.
Марк Туллий Цицерон
Обязанность юриста – просвещать собственный народ.
ЭРИШИЛГАН ЮТУҚЛАР:
Жамоада ўқитишнинг замонавий шакл ва усуллари, илғор педагогик ва ахборот-коммуникaция технологиялари кенг жорий этилган. Ўқув машғулотлари кафедранинг малакали ўқитувчилари билан бирга, амалиётда катта тажрибага эга мутахассислар томонидан олиб борилади. Бунинг учун кафедра зарур ўқув-методик база ва адабиётлар билан таъминланган. Айниқса машғулотларнинг илғор интерфаол усуллар ёрдамида ташкил этилаётгани курсантларнинг назарий билим ва кўникмаларини мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда. Жамоа аъзолари долзарб мавзуларда илмий изланишлар олиб бориш баробарида, хорижий давлатлар таълим муассасаларида тажриба ошириб қайтишмоқда.
2021 йил 30 август куни кафедра бошлиғи, полковник С.М. Селиманова Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 24 майдаги Фармонига биноан таъсис этилган Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 30 йиллиги эсдалик нишони билан тақдирланган.
2022 йил 14 январь куни кафедра бошлиғи, полковник С.М. Селиманова ва кафедра доценти Л.Р. Шаюсуповалар Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 1 декабр кунидаги ПФ-28-сон Фармонига биноан таъсис этилган Ўзбекистон Республикаси Қуролли кучларига 30 йил эсдалик нишони билан тақдирланган.
2022 йил 8 декабрь куни кафедра бошлиғи, полковник С.М. Селиманова Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 8 ноябрь кунидаги ПФ-243-сон Фармонига биноан таъсис этилган Ўзбекистон конституциясининг 30 йиллиги эсдалик нишони билан тақдирланган.
Kafedra boshlig‘i yu.f.d., professor S.M.Selimanova
Selimanova Svetlana Mixaylovna 2000 yildan pedagogik faoliyatini boshlagan. O‘tgan davr mobaynida 100 oshiq ilmiytadqiqot va ilmiy-metodik ishlar muallifi. Ilmiy soha yo‘nalishi “12.00.02 – Konstitutsiya huquqi. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”. 2016 yilda yuridik fanlar doktori ilmiy darajasiga, 2018 yil professor ilmiy unvoniga ega bo‘ldi. Shu kunga qadar ilmiy rahbar sifatida 5 tadan ortiq ilmiy dissertatsiyalarga rahbarlik qilib, muvafaqiyatli himoyaga tadqiqotchilarni chiqargan. 100 dan ortiq bitiruv diplom ishlari va magisterlik dissertatsiyalarga rahbarlik qilgan. “Jamoat xavfsizligini ta’minlash” kafedrasi tashkil topilishi paytidan kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.
Bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha kafedra boshlig‘i oxirgi 4 yil ichida qancha ilmiy darajali, ilmiy unvonli kadrlar topgani va butlagani
2021 yil iyul oyidan buyon kafedraga – 5 ta ilmiy daraja va ilmiy unvonli kadrlar bilan butlangan.
• Hozirgi kunda 1 ta ilmiy daraja va ilmiy unvonli nomzod o‘rganilmoqda.
Shartnomalar:
O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi 2021 yil 22 noyabrda" ichki ishlar organlarining ma'muriy faoliyati"kafedrasi bilan tashkil etilgan.
Toshkent davlat yuridik universitetining xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi bilan ixtisoslashtirilgan filiali 2022-yil 25-fevralda tashkil etilgan
Patentlar:
- 2022-yil 24-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida "ma'muriy javobgarlik"ma'muriy javobgarlik intizomi bo'yicha elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma ro'yxatdan o'tkazildi. DGU 14 726-sonli guvohnoma;
- 2022-yil 17-mart kuni ma 'muriy javobgarlik fani bo' yicha elektron darslik uchun elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni rasmiy ro 'yxatdan o' tkazish to ' g 'risidagi guvohnoma o' zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan o 'zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida ro 'yxatdan o' tkazildi. Sertifikat raqami № DGU 15 036.