Davlat-huquqiy fanlar va inson huquqlari kafedrasi

O‘zbekiston  Respublikasi  Milliy  gvardiyasi  hamda  huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik, idoralar va tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun yuridik sohalar bo‘yicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini yuqori saviyada tayyorlashdan iborat.

O‘quv-uslubiy ishlar sohasida – o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib “xavfsizlikni huquqiy ta’minlash”, “xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash”, “huquq tartibotini ta’minlash (yurisprudensiya)”,  “patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “pasport tizimini huquqiy ta’minlash” “yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “qo‘riqlash bo‘linmalarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;

Ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy, konstitutsiyaviy huquqiy islohotlarning ustuvor vazifalari, ilgʻor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yoʻnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;

Tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish va milliy  qadriyatlarni  hurmat  qilish,  vatanparvarlik,  fuqarolik  tuygʻusi,  bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida o‘z mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash.

Mazkur kafedrada 1991-2010 yillarda  podpolkovnik Xasanov Fazliddin, 2010-2013 yillarda podpolkovnik Xasanov Usan, 2013-2015 yillarda polkovnik Nabirayev Fidel, 2015-2017 yillarda podpolkovnik Maxamatov Sur’at rahbarlik qilgan. Kafedraga 2017 yildan hozirgi kunga qadar y.f.d., (DsC) professor, mayor Sh.X.Zulfiqarov rahbarlik qilib kelmoqda.

 

Kafedra boshlig‘i, y.f.d., professor, mayor Zulfiqarov Sherzod Xurramovich 1978 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 2001 yilda hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatura bosqichini, 2003 yilda hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining magistratura bosqichini tamomlagan. 2008 yilda yuridik fanlari nomzodi, 2020 yilda yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2011 yilda “dotsent”, 2021 yilda “professor” ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. Sh.X.Zulfiqarov 8 ta darslik, 6 ta o‘quv qo‘llanma, 10 ta risola, 100 ga yaqin xalqaro va respublika ilmiy maqolalari muallifidir.

 

Kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari y.f.b.f.d., (PhD) kapitan Xomidov Eldor Olimovich 1980 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2003 yilda hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriatura bosqichini, 2007 yilda ushbu ta’lim muassasasining magistratura bosqichini tamomlagan. 2020 yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. E.O.Xomidov 50 dan ortiq ilmiy maqola, 50 dan oriq ilmiy tezislar, 4 ta darslik 2 ta o‘quv qo‘llanma, 5 ta risola muallifidir.

 

Kafedra dotsenti y.f.b.f.d., (PhD) kapitan Olimjonov Xushnudbek Maxamadsalim o‘g‘li 1991 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent Oliy harbiy-texnik bilim yurtini imtiyozli tamomlagan. 2021 yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. X.M.Olimjonov 2 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 20 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy maqolalari muallifidir.

 

Kafedra professori y.f.d., professor, Usmonov Muhammadi Baxritdinovich 1960 yil Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1984 yilda hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.  1990 yilda yuridik fanlari nomzodi, 1997 yilda yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1995 yilda “katta ilmiy xodim”, 2003 yilda “professor” ilmiy unvoniga sazovor bo‘lgan. M.B.Usmonov 30 dan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 10 dan ortiq risola, 200 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy maqolalari muallifidir.

 

Kafedra professori y.f.b.f.d., (PhD) Yuldashov Sodiq Oqbayevich 1967 yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1990 yilda hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 2021 yilda yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. S.O.Yuldashov 20 dan ortiq xalqaro va respublika ilmiy maqolalari, 1 ta monografiya muallifidir.

  Kafedra professori y.f.d., Said-Gaziyeva Nilufar Sherzodovna 1973 yil Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1995 yilda hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan. 2004 yilda yuridik fanlari nomzodi, 2011 yilda yuridik fanlari doktori ilmiy darajalarini olgan.N.Sh.Said-Gaziyeva 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 50 ga yaqin xalqaro va respublika ilmiy maqolalari, muallifidir.

Jamoada o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari kafedraning malakali o‘qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ayniqsa mashg‘ulotlarning ilg‘or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa a’zolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, Respublika va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.

  1. Kafedra boshlig‘i qadar y.f.d., (DsC) professor, mayor Sh.X.Zulfiqarov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2021 yil 28 sentabrdagi 250-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
  2. Kafedra boshligʻining o‘rinbosari y.f.b.f.d., (PhD) kapitan E.O.Xomidov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 10 yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
  3. Kafedra professori, y.f.d., professor M.B.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
  1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Davlat-huquqiy fanlari”, “Fuqarolik-huquqiy fanlari” kafedralari bilan 2020 yil 9 sentabrda shartnoma tuzilgan.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi bilan 2020 yil 24 sentabrda, shuningdek ushbu ta’lim muassasasining “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi bilan 2020 yil 6 oktabrda shartnoma tuzilgan.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filialining “Davlat-huquqiy fanlar”kafedrasi bilan 2021 yil 25 dekabrda shartnoma tuzilgan.
Text to speech