Scientific and practical magazine

Jurnal haqida

Saytdagi havolasi: https://mgjxu.uz/oz/menu/nauchno-prakticheskij-zhurnal

Nomlanishi: “Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnali

Tillari: o‘zbek, rus, ingliz;

Muassis: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti;

Nashr boshlanish yili: 2023;

Davomiyligi: yiliga 4 ta son (maxsus sonlarni inobatga olmagan holda);

Ixtisosligi: harbiy, siyosiy, yuridik, tarix, texnika, filologiya, iqtisodiyot, pedagogika, falsafa.

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnali mahalliy va xorijlik tadqiqotchilar, olimlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, soha mutaxassislarining ilmiy maqolalarini qabul qiladi.

Jurnalga siyosiy, yuridik, harbiy, tarix, texnika, filologiya, iqtisodiyot, pedagogika, falsafa sohalariga oid ilmiy maqolalar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning 2021-yil 30-sentabr kunidagi 306/4-son qarori.

Mazkur ilmiy-amaliy jurnal yiliga 4 marta nashr qilinadi. Ahamiyatga molik, muhim sanalar munosabati bilan maxsus son sifatida ham chop etilishi mumkin. Mazkur jurnalda maqolasi chop etilgan mualliflarga qalam haqi to‘lanmaydi.

Izoh: Jurnal tahrir hay’ati vakillaridan birining yoki bir nechtasining e’tiroziga ko‘ra, maqola nashr etilmasligi mumkin. Jurnal tahrir hay’ati universitet va boshqa turdosh ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat olib borayotgan olimlar jamoasidan iborat.

 Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnalida chop etish uchun maqolalarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Jamoat xavfsizligi” ilmiy-amaliy jurnalida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning yo‘nalishlari, bosqichlari va natijalari, ijtimoiy-gumanitar, texnikaviy, huquqiy, iqtisodiy shuningdek, harbiy fanlar sohasida erishilgan yutuqlar, ilg‘or xorijiy tajribaning ilmiy-nazariy tahlili va natijalari nashr etiladi. Jurnal bir yilda to‘rt marta (har chorak) chop etilib, unda quyidagi asosiy ruknlar bo‘yicha ilmiy maqolalar e’lon qilinadi:

- Konstitutsiya, inson huquqlari va milliy qonunchilik;

- Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi;

- Harbiy sohadagi islohotlar;

- Ijtimoiy taraqqiyotning dolzarb nazariy-amaliy masalalari;

- Ta’lim-tarbiya jarayoni;

- Iqtisodiyot: nazariya va amaliyot;

- Texnika va texnologiyalar taraqqiyoti;

- Xorijiy tajriba;

- Yosh olimlar minbari.

Maqolani tahririyatga topshirish uchun kerakli hujjatlar

  1. Tahririyatga taqdim etilayotgan qo‘lyozma bo‘yicha muallif ilmiy-tadqiqot ishi olib borayotgan tashkilot rahbariyatining xati, maqolani chop etish mumkinligi haqidagi ekspert xulosasi hamda ikkita taqriz bo‘lishi kerak. Maqola o‘zbek, rus yoki ingliz tilida yozilgan bo‘lishi mumkin. Maqola nomi, uning 8-10 qator (500 tadan oshmagan chop etish belgilar) hajmdagi annotatsiyasi hamda kalit so‘zlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi lozim, shuningdek muallif(lar)ning familiya, ism-shariflari, ish joylari (OTM, ITI, tashkilot) ham uch tilda taqdim qilinishi zarur.
  2. Tahririyatga qo‘lyozma matni ikki nusxada topshiriladi, ikki nusxasi ham barcha mualliflar tomonidan imzolanadi. Maqolaning elektron ko‘rinishi ham taqdim etiladi.

Maqolani rasmiylashtirish talablari

  1. Maqola matni MS Word matn tahrirgichda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda terilgan bo‘lishi kerak.
  2. Maqola hajmi bir intervalda bosilgan matn hisobida (jadvallar, rasmlar va adabiyotlar ro‘yxati bilan birgalikda) to‘liq 8-10 bet bo‘lishi kerak.
  3. Varaq o‘lchami: 210x297 mm (A4 - format), rasm (sxema, grafik)larning o‘lchamlari 6x9 sm dan oshmasligi kerak. Matn chegarasi o‘lchami: yuqoridan - 2,0 sm, pastdan – 2,0 sm, chapdan – 3,0 sm, o‘ngdan – 1,5 sm bo‘lishi kerak.
  4. Maqoladagi materiallarda eng zaruriy matematik ifodalargina berilishi kerak.
  5. Maqola boshida UDK, keyingi qatordan (berilgan o‘lchamda bosh harfda, o‘rtada, qalin qilib) maqolaning nomi, undan keyingi qatorda muallif(lar)ning familiyasi va ism-sharifi, keyingi qatorda muallifning ish joyi (OTM, tashkilot, muassasa nomi) kichik bosma harfda o‘zbek, rus, ingliz tillarida teriladi. Keyingi qatordan maqola annotatsiyasi kursivda yoziladi. Keyingi qatorda 8-10 ta so‘zdan iborat kalit so‘zlar yoziladi. Bir qatordan so‘ng maqola matni teriladi.
  6. Maqola bo‘lim va punktlarga bo‘linishi mumkin. Bo‘limlarning nomi qalin shriftda alohida qatorda tegishli ravishda kichik bosma (qalin) harflar bilan terilib, matn chap tomonidan tekislanadi. Punktlar nomi matnning birinchi qatoriga (qalin qilib) kiritiladi.
  7. Adabiyotlar (so‘nggi 10 yildagilar tavsiya etiladi) ro‘yxati maqola oxirida, matndagi havolalar ketma-ketligi tartibida beriladi. Adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar ko‘rsatiladi: a) jurnalda bosilgan maqolalar va ma’ruza tezislari uchun - muallifning familiyasi, ismi sharifi, maqolaning nomi, jurnalning nomi, nashr yili, soni yoki qismi (bo‘lsa) va betlari; b) kitoblar uchun - muallifning familiyasi, ismi sharifi, kitobning nomi, nashr joyi (shahar), nashriyot nomi, nashr yili, betlari.
  8. Tahririyat barcha maqolalarni taqrizga yuboradi.
  9. Tahririyatga maqolaning tahririyat taqrizidan keyin qayta ishlangan matni topshirilgan vaqt maqolaning tahririyatga tushgan kuni hisoblanadi.

Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan maqolalar ko‘rib chiqishga qabul qilinmaydi, maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi. Maqolani ko‘rib chiqish natijalarini muallif (71) 230-32-71, (71) 230-32-82 (kommutator) va 299, 283 ichki telefonlar orqali bilishi mumkin.

E-mail: jxu@umail.uz

Tahririyat manzili: 100109, Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Chor-su qo‘rg‘oni,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.

 

"JAMOAT XAVFSIZLIGI"

ILMIY-AMALIY JURNALI

№ 1, 2023

 

"JAMOAT XAVFSIZLIGI"

ILMIY-AMALIY JURNALI

№ 1, 2024

Text to speech