Объявления

17 Окт 2025

MAQOLALAR TANLOVI

DIQQAT E’LON!!!

 

MAQOLALAR TANLOVIDA ISHTIROK ETING!!!

 

Mamlakatimizda huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan samarali mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, besh tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtlaridan unumli foydalanishi uchun ko‘rilayotgan chora tadbirlarga ko‘maklashish, mamlakatimizda qonun ijodkorligi sohasida yoshlarning faolligi oshirish maqsadida Jamoat xavfsizligi universiti kursantlari, talaba va tinglovchilari o‘rtasida ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

Muddat: Tanlovga maqolalar 2025 yilning 1 noyabr kuniga qadar universitet A-blok, 2-qavat 207 va 212 xonalarda qog‘oz shaklida qabul qilinadi.

Tanlov mavzulari:

  1. Jinoyatchilikni barvaqt oldini olish shart-sharoitlari;
  2. Mahallalarda jinoyatchilikni oldini olishning chora-tadbirlari yuzasidan zamonaviy yondashuvlar;
  3. Korrupsiyaga qarshi kurashning zamonaviy tendensiyalari va chora-tadbirlar;
  4. Yoshlar jinoyatchiligini oldini olish masalasiga yangicha yondashuv va innovatsiyalar;
  5. Ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar va ularning oldini olishga doir qonunchilikni takomillashtirish;
  6. Oilaviy turmush bilan bog‘liq huquqbuzarlikni kamaytirishning zarur shart-sharoitlari.

Maqolalar yuqoridagi mavzulardan biri doirasida yozilishi maqsadga muvofiq (aynan bir xil bo‘lishi shart emas).

Maqola mazmuniga qo‘yiladigan talablar: Maqolada mavzuning dolzarbligi qayd etilib, mahalliy va xorijiy olimlarning fikr-mulohazalari, xorijiy tajriba, statistik va tahliliy materiallardan foydalanilishi, mavjud muammolar yechimiga qaratilgan xulosalar va asoslangan taklif va tavsiyalar hamda ilmiy yechimlardan iborat bo‘lishi lozim.

Texnik talablar: Maqola matni 5-7 betdan oshmasligi Word dasturida yozilishi, qog‘oz formati A4, barcha hoshiyalar 2 sm, Times New Roman shriftida 14 kegelda bo‘lishi kerak. Absatslar oralig‘I 1,25 sm, satrlararo interval 1,15 tekislash kengligi bo‘yicha.

Maqola yuzasidan aniq manbalarga havolalar berilishi va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati talab etiladi.

Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi.

Natijalarni e’lon qilish: Maqolalar universitet professor-o‘qituvchilaridan tuziladigan Maxsus komissiya tomonidan o‘rganib chiqiladi va eng yaxshi maqolalar mualliflari Universitet boshlig‘ining faxriy yorlig‘i va sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Eng yaxshi deb topilgan maqolalar universitetning “Iqtidorli kursantlari va talabalari” ilmiy jurnalida chop etiladi. Ishki komissiya tomonidan tavsiya etilgan maqolalar alohida to‘plam shaklida chop etiladi

Murojaat uchun telefon: 99.851-86-29. Ichki: 14-50, 14-51

568
Распечатать
Text to speech